12:46 / 08.05.2015
2531

Rossiya va Xitoy SSJ-100 samolyotlarini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Rossiya-Xitoy investitsiya jamg‘armasi, Birlashgan aviaqurilish korporatsiyasi va Shensi viloyati hukumati o‘rtasida Rossiyada ishlab chiqarilgan 100 dona SSJ-100 samolyotini Xitoyda va Janubi-Sharqiy Osiyoda realizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Samolyotning taxminiy narxi 36 mln dollarni tashkil qiladi. Shu tariqa, 100 dona laynerning umumiy qiymati 3,6 mlrd dollarga tengdir.

Ilgariroq investorlar konsorsiumi 100 dona Sukhoi Superjet yo‘lovchi laynerlarini Xitoy va Osiyo yetkazishga ixtisoslashgan lizing kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Bundan tashqari, Rossiya kompaniyalarining Xitoy banklari tomonidan moliyalashtirilishi uchun platforma yaratiladi, shuningdek, Rossiya-Xitoy investitsion banki tuzish bo‘yicha kelishuv imzolanadi.

Top