18:37 / 08.05.2015
2897

Ruslan Chagayevning jangi iyulga qoldirildi

WBA yo‘nalishi super og‘ir vazn toifasida doimiy chempion sanalgan hamyurtimiz Ruslan Chagayevning chempionlik kamarini himoya qilishi iyul oyiga qoldirildi. Avvaliga uning 27 iyunda jang o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Endi jang iyul oyida bo‘lib o‘tadi va u Germaniyada tashkil etiladi. Kelasi haftada aniq muddat va raqib nomi ma'lum qilinadi. Chagayev ushbu jangda o‘z titulini xohishiga ko‘ra himoya qilish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev professional ringda 36ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 33tasida g‘alaba qozongan. Bir durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Top