13:32 / 08.05.2015
2620

ShXT aksilterrorchilik strukturasi rahbari Pokistonga boradi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterrorchilik strukturasi rahbari Pokistonga rasmiy safar uyushtiradi. Bu haqda struktura ijroiya qo‘mitasi direktori o‘rinbosari Vitaliy Burovning Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Navid Anjum bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tildi.
Ma'lum qilinishicha, safar chog‘ida hamkorlikning huquqiy asoslari yaratiladi.
Suhbat chog‘ida tomonlar terrorchilikka qarshi kurash sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o‘tishdi.

Top