10:19 / 08.05.2015
2789

Toshkent Fotosuratlar uyida 9 mayga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ushbu ekspozitsiya uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda mohir musavvir Gennadiy Serov ijodi namunalaridan iborat shaxsiy ko‘rgazma, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining urush faxriylari sho‘'basi a'zolari asarlari hamda fotosuratlar o‘rin olgan.

Serovning «O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor», «G‘alaba sari intilish», «Qayinlar», «G‘olib askar», «Tabarruk yurt», «Nastarin» singari ko‘plab kartinalari tomoshabinlar e'tiboriga havola etilgan. Ko‘rgazmada B.Tojiyev, R.Azixanov, I.Sokolov, A.Batikov, V.Kuznetsov, A.Slugin singari faxriy musavvirlar ijodiga ham keng o‘rin berilgan.

Top