06:56 / 09.05.2015
2164

Apple kompaniyasi ijtimoiy tarmoq uchun patent oldi

AQSh Patentlar va savdo belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish byurosi Apple kompaniyasining iOS platformasida ishlovchi qurilmalar foydalanuvchilariga mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoqni tuzish uchun patent arizasini chop etdi.

Patentlangan ilova “Turmush tarzi bilan birlashtirilgan ijtimoiy guruhlar” deb nomlanadi. Patentdagi ta'rifga ko‘ra, unda foydalanuvchilar quyidagi tarzda aniqlanadi: foydalanuvchining qurilmasi o‘zining egasining harakatlanishi sxemasini aniqlaydi. So‘ngra foydalanuvchining faolligi tarixini bilgan holda, uning turmush tarzi yoki u tashrif buyuradigan joylar toifasini aniqlay oladi.

Olingan ma'lumotlardan foydalanib, ilova foydalanuvchining turmush tarzi yoki tashrif buyurgan muayyan joylariga asoslanib ijtimoiy tarmoq tuzishni taklif qiladi hamda u yerga foydalanuvchiga o‘xshash qiziqishga ega yoki u boradigan joylarga tashrif buyuruvchi foydalanuvchilarni qo‘shilishini taklif qiladi. Shu tariqa ijtimoiy tarmoq maxsus maqsadlar uchun qaratilgan ijtimoiy tarmoqqa aylanadi. Uni yaratish uchun foydalanuvchidan hech qanday harakatlar talab qilinmaydi, u shuningdek anonim bo‘lishi mumkin.

Yaratilgan ijtimoiy guruhlar doirasida ularning ishtirokchilari tezkor xabarlar bilan o‘zaro almashishlari, uchrashuvlar tashkil etishlari hamda umumiy taqdim qilish joyida zarur axborotni joylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Patent arizasi 2013 yilning 4-choragida topshirilgan edi. Ixtironing mualliflari sifatida Lukas Marti, Shennon Ma va Maykl Dal Santo ko‘rsatilgan.

Apple ishlab chiqaradigan qurilmalar iOS operatsion tizimi ostida ishlaydi. Ularga iPhone smartfoni, iPod touch pleyeri va iPad planshetlari kiradi.

Top