Ispaniya chempionati 36-turida “Barselona” o‘z uyida “Real Sosedad”ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi hamda 2:0 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvdagi birinchi gol o‘yinning 51-daqiqasida Neymar tomonidan kiritildi.
Ikkinchi golga o‘yinning 86-daqiqasida ajoyib akroba
tik zarba bilan hisobdagi farqni oshirgan Pedro Rodrigez mualliflik qildi.