11:51 / 09.05.2015
1649

Ekspert: Yaqin yillarda Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi viza tartibi bekor qilinmaydi

Siyosatshunos Oleg Voloshinning fikricha, Ukraina va YeI o‘rtasidagi vizali o‘tish tartibi yaqin yillarda bekor qilinmaydi. Bu haqda u “Inter” telekanali efirida ma'lum qilgan.
Uning eslatib o‘tishicha, YeI faqatgina 2015 yil oxirida Ukrainaning bu boradagi takliflarini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
8 may kuni Yevropakomissiya Ukrainaga viza tartibini liberallashtirish bo‘yicha harakat rejasining ikkinchi bosqichini yakunlash bo‘yicha tavsiyalarini berdi. Shuningdek, komissiya vakili vaziyatni nazorat qilib, o‘zgarishlar haqida 2015 yil oxirida xabar berilishini aytib o‘tdi.

Top