19:16 / 09.05.2015
3329

Gvardiola "Bavariya" finalga chiqishiga ishonishini ma'lum qildi

“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Barselona”dan uchragan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng ham, jamoasida finalga chiqish imkoniyati borligini ta'kidladi.

“Men realistman va oldinda bizning maydonda o‘tadigan 90 daqiqa bor. Biroq men “Bavariya” finalga chiqishiga ishonaman va shogirdlarim ham shu fikrda. “Barselona”ga qarshi kechadigan uchrashuv qiyin bo‘ladi, biroq kerakli natijani qo‘lga kiritish qo‘limizdan keladi”, – dedi Gvardiola.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 12 may kuni bo‘lib o‘tadi. 

Top