12:31 / 09.05.2015
2170

Hindistonda maochilar tomonidan asir olinganlar soni 500 kishiga yetdi

Hindistonning Chxattisgarx shtatida maochi jangarilar tomonidan asir olingan odamlar soni 500 kishiga yetdi.
Ilgariroq jangarilar 200 kishini asirga olganini ma'lum qilgandik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi shtatga tashrif buyurib, yangi loyihalar taqdimotini o‘tkazishi kutilmoqda edi. U bilan uchrashishga chiqqan odamlar maochilar tomonidan qo‘lga olinmoqda. Ayni paytda ularning qo‘lidagi tutqunlar soni 500 kishga yetgan, deb xabar beradi Zee News axborot agentligi.
Maochilar oqimi Hindistonda milliy xavfsizlikka asosiy tahdidlardan biri sifatida e'tirof etilgan.

Top