10:45 / 09.05.2015
3066

Putin: blok tafakkuri kuchayib bormoqda

Moskva shahrida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Rossiyaning barcha asosiy telekanallari orqali yoritilmoqda.
Rossiya Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Rossiya prezidenti, Oliy Bosh qo‘mondon Vladimir Putinga paradga hozirlik to‘g‘risida hisobot bergandan so‘ng davlat rahbari barcha ishtirokchilarni tabriklab, qisqacha nutq so‘zladi.
O‘z chiqishida Putin ayni kunlarda butun dunyoda “kuch ishlatish va blok tafakkuri” avj olib borayotganini aytib o‘tdi.
“Biz bir qutbli dunyo yaratishga bo‘lgan harakatlarni ko‘rganmiz. Kuch ishlatish va blok tafakkuri avj olib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Bularning bari dunyo taraqqiyoti barqarorligiga ziyon keltirmoqda”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Top