06:53 / 09.05.2015
5627

Putin militsiya generali bo‘lgan birinchi ayolni o‘z lavozimidan ozod qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ichki ishlar vazirligining moliyaviy-iqtisodiy siyosati va ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash departamenti boshlig‘i Svetlana Perovani o‘z lavozimidan ozod etdi. Bu haqda huquqiy axborot internet-portalida ma'lum qilindi.


Perova Rossiya militsiyasi tarixida general-mayor hamda general-leytenant unvonlarini olgan birinchi ayol hisoblanadi. Perovaga Boris Yeltsin tomonidan “Rossiya Federatsiyasining xizmat ko‘rsatgan iqtisodchisi” faxriy unvoni berilgan.
Avvalroq Putin 20 ga yaqin generalni o‘z lavozimidan ozod qilgani ma'lum qilingandi.

Top