09:08 / 09.05.2015
2668

Shimoliy Koreya eng yangi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya suvosti kemasidan eng yangi ballistik raketa uchirildi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf agentligi.
“Suv ostidan ballistik raketa uchirilishi Yer sun'iy yo‘ldoshini uchirish kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hodisadir”, deb izoh berib o‘tdi Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In. Ushbu raketa aynan uning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Qayd etilishicha, yangi raketa “istalgan suvlarda dushman nishonlarini yo‘q qilishi mumkin”.
Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi nomidan partiyaning 70 yilligiga atalgan bu sovg‘a uchun amaldorlar, olimlar, texnik xodimlar va ishchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Top