15:15 / 09.05.2015
16671

Toshkent ko‘chalarida Moskvich-tank paydo bo‘ldi

Toshkent ko‘chalarida Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alaba yubileyiga bag‘ishlangan antiqa aksiya o‘tkazildi. Yashil rangdagi Moskvich rusumli mashina ustiga o‘ziga xos “minora” o‘rnatilib, unga tank qiyofasi berildi. Shuningdek, mashina yoritkichlari va oynalarining katta qismi ham yashil rangga bo‘yalgan. Ushbu tank-mashina poytaxt ko‘chalarida anchagina aylandi.

“Tank”ning biqiniga T-412 yozuvi tushirilgan. Uning rasmlari Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylashtirildi.

Guruhdagi rasmlardan ma'lum bo‘lishicha, u yo‘l harakati xavfsizligi noziri tomonidan to‘xtatilgan. Bunga nima asos bo‘lgani ma'lum emas.

Top