8378.18 USD +22.00

9518.45 EUR -63.58

126.33 RUB +1.36

10785.2 GBP +55.06

15:14 / 09.05.2015 2386

Yalta va Tehron uchrashuvlari guvohi bo‘lgan o‘zbekistonlik faxriy g‘alabaning 70 yilligini nishonlamoqda

Yalta va Tehron shaharlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuvlarda stenografist bo‘lgan urush faxriysi g‘alaba yubileyini nishonlamoqda.

12news.uz muxbiri Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi Ikkinchi Jahon urushi faxriysi Rimma Yakovleva bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ma'lum qilinishicha, u Gitlerga qarshi koalitsiyaga a'zo davlatlar (SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya) rahbarlarining Yalta va Tehron shaharlarida o‘tkazilgan uchrashuvida kotiba bo‘lib ishlagan.

Rimma opaning eslashicha, u urush yillari 516-telegraf rotasida xizmat qilgan.
“Men Stalin, Ruzvelt va Cherchill uchrashuvidagi yagona ayol stenograf bo‘lgan edim”, - eslaydi 91 yoshli faxriy.

Uning aytishicha, uzoq soatlik bahs-munozaradan so‘ng AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt unga murojaat qilib, “Qizim, sen yaxshi ishlayapsan. Ofarin!”, - degan.
Urushdan so‘ng ayol 50 yil mobaynida Asaka aloqa bo‘limida ishlagan.

Teglar

Top