06:47 / 09.05.2015
1411

Yamanda 12 maydan besh kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tartibi boshlanadi

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Yamanda 12 maydan besh kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tartibi boshlanishini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Vazirning aytishicha, jangovor harakatlarning to‘xtatilishi mahalliy vaqt bilan kechki soat 11 dan boshlanishi rejalashtirilgan.
Kechagina AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr yamanlik xusiychilarni besh kunlik “insonparvarlik tanaffusiga” amal qilishga chaqirgan edi.

Top