15:54 / 10.05.2015
3774

Afg‘onistonda bir kun ichida 51 Tolibon jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘oniston qurolli kuchlari tomonidan o‘tkazilgan amaliyotlar chog‘ida 51 nafar Tolibon jangarisi yo‘q qilingan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri OAV vakillariga bayonot bergan.
“Amaliyotlar Kunar, Nangarxor, Bog‘lon, Qunduz, Faryob, Badaxshon, Saripul, Juzjon, Qandahor, Zobul, Uruzgon, Log‘ar, G‘azni, Paktiya, Hirot, Bodg‘is viloyatlarida o‘tkazildi. Amaliyotlar davomida Tolibon harakatining 51 nafar qurolli a'zosi o‘ldirildi, 15 nafari yaralandi, 1 nafari Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi”, - deyiladi xabarnoma matnida.
Afg‘oniston harbiylari orasida yo‘qotishlar bo‘lgan-bo‘lmagani haqida ma'lumot berilmagan.
Shu bilan birga, matbuotda qarama-qarshi xabarlar paydo bo‘lmoqda. Jumladan, Tolibon harakatining 35 nafar vakili yaralangani, 4 nafari qo‘lga olingani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Bodg‘is viloyati ma'muriyati vakili Mirvays Mirzaqvolning ma'lum qilishicha, viloyat jangarilar qo‘liga o‘tgan. “Ulusvol jangarilar qo‘lida, politsiya va mahalliy boshqaruv vakillari qochib ketdi”, - uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Shuningdek, 24 apreldan buyon Qunduz viloyatida keng miqyosli harbiy amaliyotlar olib borilmoqda. Jangarilar bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Top