14:07 / 10.05.2015
6677

AQSh Gretsiya orqali Yevropaga Rossiya gazining yetkazilishiga qarshi

AQSh Davlat departamentining xalqaro energetik masalalar bo‘yicha maxsus elchisi Amos Xokstayn Afinada o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida AQSh Gretsiya orqali Yevropaga gaz yetkazib beradigan “Janubiy oqim” gaz quvurining o‘tkazilishiga qarshi ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda Gretsiya sanoat islohotlari, atrof muhit va energetika vaziri Panayotis Lafazanis “Proto tema” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gretsiya hukumati ushbu gaz yo‘lining yotqizilishini to‘laligicha qo‘llab-quvvatlamoqda, va bu borada Rossiya bilan muayyan kelishuvlarga erishilgan.
“Albatta, AQSh bu gaz quvurining bo‘lishini istamaydi, buni janob Xokstayn yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvimiz chog‘ida ochiq aytdi”, - keltiriladi uning so‘zlari nashrda.
“Shunga qaramay, bu loyiha milliy manfaatlarimizga javob beradi deb hisoblaymiz”, - qo‘shimcha qildi vazir.

Top