08:34 / 10.05.2015
2366

AQShda kichik avariya joyidan qochib ketgan haydovchi kattaroq avtohalokatga sabab bo‘ldi

Beverli-Xillzda kichik yo‘l-transport hodisasi sodir etgan “Mersedes” haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Los Angeles Times gazetasida yozilishicha, shundan so‘ng u yangi avtohalokatga uchragan, buning natijasida yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, dastlab “Mersedes” va taksi xizmati mashinasi o‘rtasida kichik ko‘ngilsizlik yuzaga kelgan. Haydovchi voqea joyidan qochib ketgan, ammo yo‘lda u “Audi” yo‘ltanlamasi bilan to‘qnashib, beton devor va daraxtlarga urilgan. “Mersedes”da ketayotgan yo‘lovchilardan biri halok bo‘lgan, ikkitasi jiddiy jarohat olgan.

Top