Garet Beylning agenti Jonatan Barnett “Real” o‘yinchilarini tanqid ostiga oldi. Uning fikricha, jamoa Beyl bilan maydonda til topisha olmayapti
“O‘yinchilar maydonda Beyl bilan kelishgan holda, birlikda harakat qilishi kerak. U nimalarga qodirligini ko‘rsatishi uchun unga to‘pni uzatish kerak. Agar jamoadoshlari unga yordam bersa, Garet jamoaning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ladi”, - dedi agent.