08:22 / 10.05.2015
1977

Kayli Minougning Istanbuldagi konserti talabning kamligi tufayli bekor qilindi

Avstraliyalik xonanda Kayli Minougning Istanbulda o‘tkazilish rejalashtirilgan konserti bekor qilindi. Al Arabiya kanalining ma'lum qilishicha, konsertga chiptalar juda kam miqdorda sotilishi bunday qarorga kelinishiga sabab bo‘lgan.
Istanbuldagi konsert tashkilotchilarining telekanal muxbiriga ma'lum qilishicha, Minougning prodyuserlari konsertni kechiktirishni taklif qilishgan, ammo chiptalar juda kam miqdorda sotilgani tufayli oxir-oqibat konsertni butunlay bekor qilishga qaror qilingan.
“U singari yulduzlar turk jamoatchiligiga uncha qiziq emas”, - qo‘shimcha qildi tashkilotchi.

Top