Tinch okeani akvatoriyasida, Kuril orollari yaqinida 4.5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Saxalin viloyati boshqarmasi saytida ma'lum qilindi.
Aytilishicha, zilzila episentri Severo-Kurilsk shahridan 373 km janubi-sharqida bo‘lgan; zilzila chuqurligi – 140 km.
Aholijoylarga zilzila tebranishlari yetib kelmagan. Shuningdek, sunami xavfi uyg‘onmagan.