08:28 / 10.05.2015
2272

Moskva markazida yana bir yong‘in sodir bo‘ldi

Moskva markazidagi to‘rt qavatli ma'muriy binoda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda shaharning favqulodda vaziyatlar xizmati saytida ma'lumot berildi.
Binodan 30 kishi evakuatsiya qilindi. Yong‘inni bartaraf qilishga 95 nafar favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi xodimi va 27 dona texnika birligi jalb qilindi.
Bir necha soatdan so‘ng olov o‘chirilganligi haqida ma'lumot tarqatildi.
Kecha Moskvada ikki sathli omborxona binosida yong‘in kelib chiqqan edi.

Top