10:11 / 10.05.2015
2093

Nepalda ko‘chki tufayli qidiruv ishlari to‘xtatildi

Nepaldagi “Langtang” milliy bog‘ining tog‘larida olib borilayotgan qidiruv ishlari yangi ko‘chkilar tufayli to‘xtatildi. Bu haqda Reuters agentligi ma'lumot bermoqda.
Qutqaruvchilar tog‘li hududda zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini yoki toshlar orasida qolganlarni topish bo‘yicha ish olib borayotgan edi. Ob-havo sharoitlarining yomonlashuvi natijasida qutqaruvchilar ishlarni to‘xtatishga va xavfsiz joyga berkinishga majbur bo‘ldi.

Top