14:26 / 10.05.2015
9018

Putin Rossiya va Germaniya munosabatlarida ayrim muammolar borligini aytib o‘tdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda ayrim muammolar borligini aytib o‘tdi.
Germaniya kansleri Angela Merkel Moskvaga g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurgani ma'lum qilingan edi. endilikda u Rossiya yetakchisi bilan birgalikda marosimlarda ishtirok etmoqda. Noma'lum askar qabriga gulchambar qo‘yish marosimidan so‘ng ular qahramon shaharlar xiyobonidan o‘tishdi. Shundan so‘ng yetakchilar ikki tomonlama muzokaralar olib borishdi.
“Bugun ayrim muammolar bor. Munosabatlarimiz rivojiga bu muammolarning salbiy ta'sir o‘tkazishi qancha tez bartaraf qilinsa, shuncha yaxshi bo‘ladi”, - deb ta'kidladi Putin.
Shuningdek, u Merkel xonimga Moskvaga marosimlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurgani uchun minnatdorchiligini aytib o‘tdi.

Top