Toshkent shahrini obodonlashtirish bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, xususiy tadbirkorlarning ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqiladi. Hamkorlik doirasida shahardagi chiqindi qutilarida ularning reklamalari joylashtirilish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2010-2012 yillarda boshqarma shahar ko‘chalarida 4 395 axlat qutisi o‘rnatgan edi. Endi ularning sirtiga reklama joylashtirilishi mumkin. Shu yo‘l bilan xarajatlarning bir qismini qoplash rejalashtirilmoqda.