16:05 / 11.05.2015
2795

2020 yilga kelib Janubiy Koreya jahon nanosanoat bozorining 20 foizini egallaydi

Koreya hukumati joriy yilda nanotexnologiyalar sanoatiga 177.2 mlrd vona (164.2 mln dollar) investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Mahalliy matbuotda yozilishicha, mablag‘ yetti asosiy yo‘nalishni moliyalashtirish va rivojlantirishga sarflanadi. 3D-moslamalarni nanotexnologiyalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, funksional nanomatolar, suv tozalash va energiyani tejash texnologiyalar shular jumlasidandir.

Ayni paytda Janubiy Koreya nanobozorining 90 foizini kichik va o‘rta firmalar egallaydi. Koreya hukumati ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta'minlashni rejalashtirmoqda.
Mutaxassislarning taxminicha, 2020 yilga kelib jahon nanotexnologiyalar mahsulotlari bozorining umumiy hajmi 3 trln dollarni tashkil qiladi. Yirik investitsiyalar kiritish yordami bilan Koreya ushbu bozorning 20 foizini egallamoqchi.

Top