13:00 / 11.05.2015
1524

Abdulaziz Komilov Saksoniya federal yeri parlamenti raisini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11 may kuni Toshkent shahriga kelgan Saksoniya federal yeri parlamenti raisi Mattias Rossler bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarninig hozirgi holati va yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi, jumladan mamlatkatimizning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi doirasidagi aloqalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy Majlisining Germaniya hududiy parlamentlari va Bundestagi hamda Yevropa parlamenti bilan hamkorligining faollashuvi va chuqurlashuvi qayd qilindi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Top