16:27 / 11.05.2015
3715

Anonim servis foydalanuvchilarining 6.7 mln parollari ommalashtirib yuborildi

W0rm niki ostida mashhur rossiyalik xaker Sprashivay.ru anonim servisining bazasiga kirib, uning foydalanuvchilariga tegishli 6.7 mln foydalanuvchining parollarini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu ma'lumotlar internetga ochiq joylashtirilgan.
Barcha ma'lumotlar joylashgan elektron baza fayl almashish servislaridan biriga joylashtirilgan. Bir qancha odamlar allaqachon ularni ko‘chirib olgan.

Ma'lum bo‘lishicha, jami 6.72 mln parollar jami 178 matnli faylga sig‘dirilgan. Ularning har biri elektron pochta, foydalanuvchining ismi va paroli, IP manzili haqidagi ma'lumotlardan iborat. Ayrim holatlarda ma'lumotlar yanada to‘liqroq. Mutaxassislarning fikricha, Sprashivay.ru servisi ushbu ma'lumotlarni jiddiy tarzda himoyalamagan, shu bois u osonlikcha xakerlar qo‘liga tushgan.

Top