15:29 / 11.05.2015
2530

Berdiyev va Gancharenko «Lokomotiv»ni boshqarishga asosiy nomzod murabbiylar bo‘lib turibdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi Miodrag Bojovich iste'foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatgan.

Hozirda uning o‘rnini egallash uchun bir yo‘la ikkita murabbiy bosh da'vogar sifatida ko‘rsatilmoqda. «RIA Novosti»ning sportga ixtisoslashgan internet nashri R-Sport nashrida yozilishicha, Krasnodarning «Kuban» klubi sobiq bosh murabbiyi Viktor Gancharenko va «Rostov» bosh murabbiyi Qurbon Berdiyev ushbu nomga asosiy nomzod bo‘lib turishibdi.

Oldinroq, yuqorida nomi keltirilgan manbada, Bojovich o‘z ixtiyoriga ko‘ra murabbiylikdan ketgani va uning o‘rnini vaqtinchalik murabbiy sifatida Igor Cherevchenko egallagani haqida xabar berib o‘tilgandi.

Top