10:55 / 11.05.2015
1491

Iguain "Parma" darvozaboni Miranteni haqorat qilgani uchun jazolanishi mumkin

"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain "Parma"ga qarshi kechgan bahsda darvozabon Antonio Mirante bilan janjallashib qoldi.

Italiya chempionati doirasida ikki jamoa o‘rtasida kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan. Xabar qilinishicha, Iguain janjal vaqtida raqibga nisbatan "sizlar allaqachon V seriyaga tushib ketgansiz", deb aytgan. Bu vaziyat keng ommada muhokama qilinmoqda.

Iguainga nisbatan esa bu gapi uchun intizomiy chora qo‘llanishi mumkin0.

Ma'lumot uchun, moliyaviy inqirozga uchragan "Parma" klubi V seriyaga tushib ketishi aniq bo‘lib ulgurgan. Yuqori ligani joriy mavsumda atigi 24 ochko to‘plagan "Chezena" jamoasi ham tark etadi. "Kalyari" esa ligada jon saqlash uchun kurash olib bormoqda.

Top