"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain "Parma"ga qarshi kechgan bahsda darvozabon Antonio Mirante bilan janjallashib qoldi.
Italiya chempionati doirasida ikki jamoa o‘rtasida kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan. Xabar qilinishicha, Iguain janjal vaqtida raqibga nisbatan "sizlar allaqachon V seriyaga tushib ketgansiz", deb aytgan. Bu vaziyat keng ommada muhokama qilinmoqda.
Iguainga nisbatan esa bu gapi uchun intizomiy chora qo‘llanishi mumkin0.
Ma'lumot uchun, moliyaviy inqirozga uchragan "Parma" klubi V seriyaga tushib ketishi aniq bo‘lib ulgurgan. Yuqori ligani joriy mavsumda atigi 24 ochko to‘plagan "Chezena" jamoasi ham tark etadi. "Kalyari" esa ligada jon saqlash uchun kurash olib bormoqda.