05:22 / 11.05.2015
1821

Lufthansa samolyoti Istanbulga portlash xavfi sababli qaytdi

Lufthansa kompaniyasining Airbus A321 samolyoti Istanbuldagi aeroportdan uchib chiqqandan keyin biroz o‘tib, uchuvchining samolyotda portlash xavfi mavjudligini tekshirish talabi sababli qaytib kelishga majbur bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.    

Xabarda aytilishicha, bunga uchuvchining yukxona bo‘limidan kelayotgan shubhali ovozni eshitgani sabab bo‘lgan.

Turkiyadan Frankfurtga uchib ketayotgan Airbus A321 samolyoti havoga ko‘tarilgandan keyin 50 daqiqa o‘tib Istambulda beshikast qo‘ngan. 

Politsiya uchuvchi kabinasi va samolyotning yukxona bo‘limini tekshirib chiqqan, biroq hech narsa aniqlamagan.

Top