15:18 / 11.05.2015
1617

Oxirgi uch yil ichida Toshkent pediatriya institutida ochiq yurak jarrohlik amaliyotlari 17 barobarga ko‘paydi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida oxirgi 3 yil ichida ochiq yurak ustida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari 17 barobarga ko‘paydi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri ma'lumot bermoqda.

Jarrohlik amaliyotining yangi sifat bosqichiga ko‘tarilish ko‘p jihatdan muassasaning yangi asbob-uskunalar bilan ta'minlanganligidan kelib chiqadi. Jumladan, 2014 yilda institutga multispiral kompyuter tomografi olib kelindi. Bu yurak dardiga yo‘liqqan bolalarning kasalini aniqlash muddatlarini bir necha marotabaga qisqartirib bermoqda.

Bundan tashqari, jarrohlik amaliyotlari jarayonida yuzaga keladigan o‘lim holatlari shu davr ichida 3 barobarga qisqargani ma'lum qilindi.

Top