13:11 / 11.05.2015
1452

O‘zbekiston Statistika qo‘mitasida XVJ missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasida 5 may kuni R.Almarzoki boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv jarayonida, XVJ missiyasiga mamlakatning oxirgi yillardagi iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlari, iqtisodiyot va uning tarmoqlari o‘sishini belgilab bergan asosiy omillar haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, XVJ missiyasiga milliy hisoblar statistikasi va narxlar statistikasining uslubiyati hamda amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar to‘g‘risida axborot berildi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan milliy hisoblar va narxlar statistikasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar va oxirgi yillarda erishilgan maqsadlarini XVJ missiyasi yuqori baholadi.

Shuningdek, XVJ missiyasi vakillari qo‘yilgan va muhokama qilingan barcha savollarga batafsil javob va tushuntirishlar olishdi. “Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi”, - deyiladi qo‘mita axborotida.

Top