08:35 / 11.05.2015
2762

O‘zbekistonlik yosh yengil atletikachilar Osiyo chempionlari bo‘lishdi

O‘zbekistonlik Vladislav Polyunin va Safina Sa'dullayeva ayni kunlarda Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar orasida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘olib bo‘ldi va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk medallarni yozib qo‘yishdi.    

Vladislav Polyunin nayza uloqtirish bo‘yicha 79,11 metrlik natija ko‘rsatib, chempion bo‘lgan. Yana bir hamyurtimiz Aleksandr Svechnikov shu tur bo‘yicha62,22 metrnatija bilan 4-o‘rinni egalladi.Safina Sa'dullayeva esa balandlikka sakrashda1,71 metrnatija bilan g‘olib bo‘ldi. Yana bir hamyurtimiz  Shahnoza Boyjigitova Safinaga bor-yo‘g‘i3 santimetrboy berib, 5-o‘rinni egalladi.  Yana bir yosh sportchimiz Jaloliddin Hamroqulov 200 metrga yugurishda yarimfinalda o‘zining avvalgi natijasidan tezroq yugurib, 22,30 soniya bilan final bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu tur bo‘yicha final 11 mayda bo‘lib o‘tadi.

Shu sportchimiz 100 metrga yugurishda 11,02 soniya natija ko‘rsatib, bu turda ham final bosqichiga yettinchi natija bilan yo‘llanma oldi. Dmitriy Pupko uch xatlab sakrashda14,23 metrnatija bilan 5-o‘rinni egalladi.Anna Shimanis 200 metrga yugurishda 26,41 soniya natija bilan 9-o‘rinni egallab, final bosqichiga yo‘llanma ololmadi.400 metrga yugurishda finalda Anjyela Belova 59,55 soniya natija bilan 8-o‘rinni; nayza uloqtirishda Sanobar Erkinova42,04 metrnatija bilan 6-o‘rinni; bolg‘a uloqtirishda Asalxon Muxtarova47,30 metrnatija bilan 4-o‘rinni egalladi.Yana uch nafar sportchilarimiz 400 metrga to‘siqlar bilan yugurish turi bo‘yicha qatnashdilar. Qizlardan Sabina Umarova va Komila Yoqubova saralash bosqichida o‘z guruhlarida mos ravishda 1.05.05 va 1.06.05 daqiqa bilan 2- va 3-natijani ko‘rsatib, final bosqichiga yo‘l oldilar. O‘g‘il bolalardan Shohruh Baratov 55,71 soniya natija qayd qilib, final bosqichiga yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldi.

Top