16:21 / 11.05.2015
4672

Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegaralariga qo‘shin tortmoqda

Saudiya Arabistoni Qurolli Kuchlari Yaman bilan chegaradagi Najran shahriga harbiy texnika tortib kelmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Ushbu kuchlarga zarurat Najran shahrining xusiychi-jangarilar tomonidan o‘qqa tutilishi bilan bog‘lanmoqda. Shaharning o‘qqa tutilishi oqibatida bir nafar kishi – Pokiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Avvalroq Saudiya Arabistoni qiroli Yaman xalqini “mahzabparast guruhlardan” saqlab qolishga va'da bergan edi.

Top