21:38 / 11.05.2015
2265

Xitoy kimyo sanoatining bir qismini Tataristonga ko‘chirib o‘tkazishi mumkin

Xitoy o‘zining ba'zi kimyoviy ishlab chiqarish quvvatlarini Tatariston hududiga ko‘chirib o‘tkazish  imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Xitoy Milliy kimyo-injiring korporatsiyasi rahbari Yuy Tszinbo Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuv vaqtida aytgan bayonotiga iqtibos keltirgan holda “TASS” axborot agentligi xabar berdi. 

“Agar Tatariston hukumati rozi bo‘lsa, biz ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz”, deb aytdi Tszinbo va Xitoy kimyo sanoati katta sur'atlar bilan rivojlanayotgani hamda ko‘plab korxonalar ishlab chiqarishni kengaytirishga tayyorligini ta'kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, Minnixanov Rossiya hududiga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lgan Xitoy kimyoviy ishlab chiqarishini tadqiq qilish uchun ishchi guruh tashkil etish taklifi bilan chiqdi.  

Top