18:55 / 12.05.2015
1867

“Roma” futbolchilari Jokovich va Voznyatski bilan tennis o‘ynashdi

“Roma” futbolchilari jahon tennisi yulduzlari bilan xayriya tennis uchrashuvi o‘tkazishdi. Bu haqda “Roma”ning rasmiy saytida ma'lum qilinmoqda.

Musobaqa yetim bolalarga mablag‘lar yig‘uvchi Roma Cares xayriya jamg‘armasi tomonidan uyushtirildi.

“Bo‘rilar” safidan musobaqada Franchesko Totti, Alessandro Florentsi, Daniele de Rossi, Eshli Koul, Raja Nainggolan, Xuan Iturbe va Leandro Paredes ishtirok etdi.

Musobaqada Novak Jokovich, Xuan Monako, Karolin Voznyatski va Flaviya Penneta kabi jahon tennisi yulduzlari ishtirok etishdi.

Bu haqda Karolin Voznyatski tvitterdagi mikroblogida “Roma Cares ning buyuk ishi uchun JokerNol, Florentsi va Totti kabi yulduzlar bilan tennis o‘ynash maroqli bo‘ldi”, deya xabar qoldirdi.    

Top