06:36 / 12.05.2015
2584

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi NYT muxbiriga bergan axboroti uchun 42 oyga ozodlikdan mahrum etildi

The New York Times gazetasi muxbiriga maxfiy axborotni bergan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi, 47 yoshli Jyeffri Sterling mamlakatning milliy mudofaasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborotning fosh etilishida aybdor deb topilib, 42 oyga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Qayd etilishicha, hujjatlarda AQShning Eronga yadro dasturini tugatishga ta'sir qilishida muvaffaqiyatsiz harakatlari haqidagi ma'lumot bayon qilingan. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi ma'lum qildi.

Top