08:30 / 12.05.2015
2491

AQShning Yuta shtatida ishda yashash uchun mo‘ljallangan yotoqxona-boks yaratildi

AQShning Yuta shtati universitetining biznes-inkubatori bo‘lgan Lassonde Institute’da ishlovchi Yazdani Studio startapi tomoni 213 sm bo‘lgan kubda joylashadigan tashib yuriluvchi yotoqxona loyihasini yaratdi. Yotoqxona tom ma'noda ish joyida yashash imkonini beradi. Bu haqda Fast Company ma'lum qilmoqda.     

Har bir blokda karavot, javon, kitoblar uchun tokchalar va dori-darmon uchun kichik javoncha mavjud. Blokning devorlaridan biri shaffof bo‘lib, u sababli blok uncha kichkinadek tuyulmaydi (devorning ichki tomonidan parda bor).

Loyihani sinovdan o‘tkazish davomida inkubator ishtirokchilarining bir qismi umumiy yotoqxonalardan birining ichidagi xonada shunday bloklarda yashadi. Bunda qoida bo‘yicha yotoqxonada kerak bo‘lmaydigan ishchi stollar, kiyimlar uchun javonlar umumiy hududda joylashtirildi. Ishtirokchilar umumiy oshxona, xordiq chiqarish xonasi va yuvinish xonasidan foydalanishgan.  

Bloklar yaratuvchilarining ta'kidlashicha, ular a'naviy yotoqxonalarda ko‘pincha bo‘sh qolib ketadigan joylardan samarali foydalanishga yordam beradi. “Yotoqxonalarda yo‘lak va uzun tor xonalar uchrab, ularda yashash unchalik ham qulay emas”, deb tushuntirmoqda Yadzani Studio dizaynerlaridan biri Yan Krimski.   

Yadzani Studio inkubator ishtirokchilari keyingi yildan qayerda – an'anaviy yotoqxonalar yoki tashib yuriluvchi bloklarga ega umumiy xonalarda yashashni tanlashlari mumkinligini aytmoqda.

Top