18:12 / 12.05.2015
1834

Avstriyalik pochtalonlarga qopag‘on itlardan himoyalanish uchun yeguliklar berilmoqda

Avstriya pochta xizmati o‘zining xodimlariga qopag‘on itlarning hujumidan himoyalanish uchun yeguliklar bera boshladi. Pochtalonlar bu yeguliklar bilan itlarni chalg‘itishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda TheLocal.at xabar bermoqda.

2014 yilda pochta xizmatining 47 nafar xodimi o‘z xizmat burchini bajarish davomida itlar hujumiga uchragan. Endi Avstriyadagi hayvonot do‘konlaridan biri pochta xizmatiga yiliga 10 tonna itlar uchun mo‘ljallangan galetalar (qotirilgan pechene) yetkazib beradi.

Österreichische Post (Avstriya pochta xizmati) matbuot kotibi Kurt Obermann gap pochtalonlarni qopag‘on itlardan himoya qilishning yangi usuli haqida ketayotganini ta'kidlamoqda. Obermannning aytishicha, pochtalonlar ish paytida ko‘pincha “g‘alati uylarga” borishlariga to‘g‘ri keladi va bu uylardagi itlar o‘z hududlarini himoya qilishga doim tayyor turadi.

Itlar egalari pochta xizmatining bu qarorini “yaxshi g‘oya” deb atab, uni ma'qulladilar.

Top