12:50 / 12.05.2015
3317

Bloomberg Putinning “Surgutneftegaz” pullariga “ko‘z olaytirgan”ini aytmoqda

Vladimir Putin mamlakatdagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri bo‘lmish “Surgutneftegaz”ning mablag‘lariga “ko‘z olaytirgan”.

Agentlikning hisob-kitoblariga qaraganda, kompaniyaning 34 mlrd dollar mablag‘i bor. Nomi zikr etilmagan ayrim bank sohasi vakillarining ma'lum qilishicha, kompaniyani rivojlantirish investitsion dasturini muzlatib qo‘yib, pullarni davlat ehtiyojlariga sarflab yuborishlari mumkin.

Bunday ssenariy, agentlikning fikricha, amalga oshirilishi Rossiya sharoitlarida jiddiy qiyinchilik tug‘dirmaydi. Negaki ilgariroq YuKOS kompaniyasi bilan ham aynan shu kabi ishlar amalga oshirilgan edi. Investorlar allaqachon “Surgutneftegaz”ga pul kiritishdan cho‘chib qolishgan, negaki kompaniya o‘z mablag‘larini o‘z ixtiyoricha qo‘llay olmasligi bunday pul kiritmasining ishonchsizligini ko‘rsatib beradi.

Top