12:56 / 12.05.2015
1346

Dani Alves "Barselona" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

"Barselona" jamoasining braziliyalik himoyachisi Dani Alves mavsum yakunlangach, jamoa bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda Goal.com nashri ma'lum qilmoqda.
Biroz oldinroq, bu futbolchi kataloniyaliklar rahbariyati tomonidan taklif qilingan yangi shartnomani qabul qilmagani xabar qilingandi. Uning agenti Santa Ana esa jamoa bilan muzokaralar davom etmasligini aytgandi.
Kataloniyaliklar rahbariyati taklif qilgan avvalgi shartnomaga ko‘ra, futbolchi hozirgi maoshini olishda davom etishni xohlasa, mavsumda 60ta o‘yinda maydonga tushishi talab qilingandi.

Top