14:08 / 12.05.2015
2351

Gvardiola «Barselona» qarshi hujumda o‘ynash bo‘yicha dunyoning eng kuchli jamoasi ekanini ta'kidladi

Myunxenning «Bavariya» klubi Xosep Gvardiola «Barselona»ga qarshi uchrashuv oldidan raqibning eng xavfli jihatlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bavariya»ni vertikal futbol namoyish etishini va har safar raqib jarima maydoniga kirib borgan hujumlarimiz gol bo‘lishini istardim. O‘ylashimcha, kim to‘p bilan tezroq muomala qilsa, shunchalik tez uni yana o‘ziga qaytarib oladi. Aynan mana shu jihat birinchi o‘yin natijasini belgilab berdi. «Barselona» bugungi kunda qarshi hujumda o‘ynash bo‘yicha dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘lib turibdi».

«Ular to‘p bilan juda yaxshi muomala qilishadi. Bu ularning qon-qoniga singib ketgan. Ular shuningdek qarshi hujumlarni barqaror tashkil etib kelishmoqda. Shu tarafdan ular juda xavfli», deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

Eslatib o‘tish joiz, Yevropa chempionlar ligasining 1/2 final bosqichidan o‘rin olgan «Bavariya» va «Barselona» jamoalarining javob uchrashuvi bugun, 12 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Top