13:23 / 12.05.2015
1714

Gvardiola: "Biz oxirgi 15-20 yildagi Yevropaning eng kuchli jamoasiga 3ta gol urishimiz kerak"

"Bavariya" jamoasining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeChL yarimfinalining "Barselona"ga qarshi o‘tkaziladigan javob uchrashuvidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Berlinda bo‘lib o‘tadigan finalda qatnashish uchun bugun "Barselona"ga yetarli miqdorda gol urishimiz kerak. "Barselona"ni to‘psiz qoldirishga harakat qilamiz. Vaziyatlar yaratishimiz kerak bo‘ladi. Himoyani to‘g‘ri tashkil qilishimiz zarur.

Biz yarimfinalga yetib kelganimizdan mamnunmiz. Endi finalda o‘ynash uchun oxirgi 15-20 yil davomida Yevropaning eng kuchli jamoasi hisoblangan "Barselona"ga bir o‘yinda kamida 3ta gol urib, o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlashimiz talab qilinadi. Bu qiyin, lekin biz urinib ko‘ramiz", deydi Gvardiola AS nashriga bergan intervyusida.

Top