Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Kerri va Lavrov Sochidagi yodgorlik poyiga guldastalar qo'ydi
12:57 / 12.05.2015
1651

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri Sochidagi Ikkinchi Jahon urushida halok bo'lganlar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik poyiga guldastalar qo'yishdi. Bu haqda RT nashrining Sochidagi muxbiri xabar bermoqda.

Lavrov guldasta qo'yishga retro-avtomobilda tashrif buyurdi. 

Eslatib o'tamiz, Jon Kerri Sochiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashish uchun tashrif buyurdi. Uchrashuv kun tartibiga keng miqyosdagi siyosiy va iqtisodiy masalalar kiritiladi.

  • Teglar:
Top