12:48 / 12.05.2015
1932

Nepaldagi aeroport zilzila tufayli yopib qo‘yildi

Katmandu shahridagi aeroport bugun sodir bo‘lgan zilzila tufayli vaqtinchalik yopib qo‘yildi. Mahalliy matbuot xabarlariga qaraganda, barcha reyslar bekor qilingan, yo‘lovchilar esa ichkariga kiritilmagan. Aeroport faoliyati qachon tiklanishi haqida ma'lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bugun Nepalda 7.1 magnitudali yangi yer qimirlashi qayd qilindi. Zilzila mamlakat sharqidagi Namche-Bazar qishlog‘idan 68 km narida bo‘lib o‘tgan. Uning chuqurligi – 10 km.

Top