19:23 / 12.05.2015
9670

O‘shda o‘zbek bosh kiyimlarida bo‘lgan xorijiy maxfiy agentlar qo‘lga olindi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati militsiya xodimlari mamlakatda vaziyatni barqarorsizlashtirishda gumon qilinayotgan 6 nafar xorijiy fuqarosi qo‘lga oldi.

“Qo‘lga olinganlar o‘zbeklarga xos bosh kiyimlarda bo‘lgan. Ular Sulayman-Tooga borib, odamlar bilan gaplashib, viloyatdagi vaziyat haqida surishtirgan. Biz ularni qo‘lga olib, xavfsizlik xizmati xodimlariga topshirdik. Ularning barchasi Ukrainadan Tojikiston orqali kelganlari aniqlandi. Qo‘lga olingan agentlar orasida 2 nafar Buyuk Britaniya fuqarosi, 1 nafar Rossiya fuqarosi va qolganlari ukrainaliklar bo‘lgan. Tashqi ishlar vazirligi bunday yovuz niyatli kimsalarning mamlakatimizga kelishini nazorat ostiga olsa yaxshi bo‘lardi. 5 iyun voqealari oldidan nimadir tayyorlanayotganidan xavotirlanmoqdamiz. Chunki O‘zbekiston va Tojikistondan ko‘plab odamlar kelmoqda. Oxirgi 20 kun ichida ko‘plab xorijliklarning kelishi kuzatilmoqda. Avval bunday holat qayd etilmagan edi”, deb aytmoqda O‘sh viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vakili.    

O‘tgan haftada O‘shda qirg‘iz bosh kiyimlarini kiyib olib, tunda o‘zbeklarning uylarini taqillatib yurgan 13 xorijlik qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlar orasida 5 nafar AQSh, 2 nafar Ukraina, 1 nafar Braziliya, 3 nafar Kanada, 1 nafar Janubiy Koreya va 1 nafar Shvetsiya fuqarosi bo‘lgan. Ular o‘zlarini baptistlar yoki protestantlar deb atagan.   

Top