8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

19:56 / 12.05.2015 5135

O‘zbekistondan Qirg‘iziston hududiga noqonuniy ravishda mahsulot olib o‘tishga uringan qoidabuzarlarga o‘q uzildi

O‘zbekistonlik chegarachilar bugun 12 may, seshanba kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumani Hushyor qishlog‘idan Qirg‘iziston hududiga noqonuniy ravishda olib ketilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qo‘l oldi. Bu haqda 12news nashri MXX davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Manbada yozlishicha, qoidabuzarlar bir necha marotaba ogohlantirilishganiga qaramay, «Mersedes-Bents» rusumli avtomobillarida (davlat raqami Z 8337 V., O1060 M.,O 0603 AD) harakatni davom ettirgan.

 «Qoidabuzarlarni qo‘lga olish jarayonida o‘q uzishga to‘g‘ri keldi. Natijada 22 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi Mahmudjon o‘g‘li Mansur voqea joyida vafot etdi. Qolgan ikki nafar jinoyatchi va 3ta avtomobil (10 tonna kartoshka, 5 tonna o‘rik ortilgan) qo‘lga olindi. Mazkur ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi», deb yoziladi xabarda.

Teglar

Top