09:18 / 12.05.2015
3264

Pikassoning “Jazoirlik ayollar” kartinasi kim oshdi savdosida 179.4 mln dollarga sotildi

Nyu-Yorkdagi Christie's kim oshdi savdosida Pablo Pikassoning “Jazoirlik ayollar” kartinasi kim oshdi savdosida 179.4 mln dollarga sotildi. Bu haqda savdo uyining rasmiy sayti orqali ma'lum bo‘ldi.
San'atshunoslarning ma'lumot berishiga qaraganda, bu shu paytgacha kim oshdi savdosida sotilgan eng qimmat san'at asari bo‘ldi.
Kartina 1955 yilda Anri Matiss xotirasiga chizilgan. Uning taxminiy bahosi 140 mln dollar deb baholangan edi. Ammo natija kutilganidan ham yuqori bo‘ldi.
Rasmning yangi egasi noma'lumligicha qolmoqda.

Top